28–29-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon va Gruziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston–Gruziya biznes missiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tadbirda Gruziya investitsiya palatasi, Tbilisi erkin sanoat zonasi, Business Shop, EurAsia Gulf, PB Service, Blanco, GWG Development va WeGroup kompaniyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli idoralari va korxonalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Asosiy e’tibor savdo va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda qo‘shma biznes tashabbuslarini amalga oshirish masalalariga qaratilgan.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida bugun Gruziya kompaniyalarining taqdimotlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B va B2G muzokaralari o‘tkazildi. Shuningdek, investitsiyaviy imkoniyatlar va infratuzilma bilan tanishish maqsadida Yangi Toshkent hamda IT Park Uzbekistan’ga tashriflar rejalashtirilgan.
Olib borilayotgan muloqot ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni ilgari surishga xizmat qilmoqda.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz