2026-yil 18–19-noyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston–Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston–Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashning birinchi yig‘ilishida ikki mamlakat davlat organlari, yetakchi kompaniyalari, investorlari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.
Yig‘ilish dasturiga infratuzilma va shaharsozlik, energetika va kimyo sanoati, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, ijtimoiy soha va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha panel sessiyalar ham kiritilgan.
Tadbir savdo va investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.
Agar kompaniyangiz turkiyalik hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lsa, sizni dastur doirasidagi barcha tadbirlarda, jumladan, Kengashning birinchi yig‘ilishi va panel sessiyalarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz