Tehron shahrida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari tomonidan qabul qilindi

18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston-Eron hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki mamlakatning tegishli davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-tranzit aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.