Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri bilan uchrashdi

18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzane Sodiq bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV natbuot xizmati.

Muloqot davomida tomonlar transport-tranzit sohasidagi O‘zbekiston-Eron hamkorligining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, transport va tranzit aloqalarini yanada kengaytirish, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika yo‘nalishlari samaradorligini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish va transport-logistika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.