18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Sayyid Rizo Solihiy-Amiriy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida madaniy-gumanitar sohadagi O‘zbekiston-Eron hamkorligining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakatning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirish, turistik almashinuvlarni rivojlantirish, tegishli muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniyat va turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va tegishli idoralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz