BAAning yirik developer kompaniyalaridan biri — «Reportage Properties» Toshkent va Yangi Toshkentda zamonaviy turar joy majmualarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.
Bu masalalar O‘zbekiston elchisi Umid Shadiyevning kompaniya direktorlar kengashi raisi Aref Al Xuri va bosh direktori Andrea Nuchera bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida kompaniya vakillariga O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, shuningdek, Yangi Toshkentda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
«Reportage Properties» rahbariyati O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining rivojlanish sur’atlarini ijobiy baholab, mamlakatning investitsiyaviy salohiyatiga qiziqish bildirdi.
Tomonlarga Yangi Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari ham taqdim etildi. Uchrashuvda kompaniyaning ushbu loyihalarda ishtirok etish, zamonaviy qurilish yechimlarini joriy qilish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Hozirgi bosqichda investitsiya imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va kelgusidagi sheriklik istiqbollarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz