O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida Turkiy investitsiya fondi (TIF) Boshqaruvchilar kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Yig‘ilishda Fond faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish, qo‘shimcha resurslarni jalb qilish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Transport-logistika infratuzilmasi, sanoat kooperatsiyasi, energetika va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida loyihalar portfelini shakllantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, Fond faoliyati samaradorligini oshirish hamda uning boshqaruv organlari vakolatlarini aniq belgilash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar TIF faoliyatini rivojlantirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Fond Boshqaruvchilar kengashiga raislik qilish vakolati navbatdagi yillik yig‘ilish yakuniga qadar Ozarbayjonga o‘tdi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz