Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Kanadaning Arras Minerals Corp. kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan muzokaralar o‘tkazdi

28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulаmov Kanadaning Arras Minerals Corp. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Timoti Barri bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Arras Minerals — 2021-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Vankuver shahrida joylashgan Kanada geologiya-qidiruv kompaniyasi. Kompaniya istiqbolli mis va oltin konlarini qidirish hamda o‘rganishga ixtisoslashgan.

Tomonlar tog‘-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ishlab chiqishga o‘tish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi.