10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Changan Automobile kompaniyasi vitse-prezidenti Xua Dubyao bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Muzokaralar davomida Xitoy tomoni kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va Yevroosiyo mintaqasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni taqdim etdi.
Istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiyaviy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz