Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Polshaning Mlekovita kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Polshaning Mlekovita kompaniyasi boshqaruvi raisi Dariush Sapinski bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Muzokaralar davomida sut sanoatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, jumladan, qo‘shma investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, sut mahsulotlari eksportini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish shakllari va ularni ilgari surish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarga qaratildi.