V Toshkent xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ummon iqtisodiyot vaziri Xamis bin Saif Xamud Al-Jabriy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar ko‘rgazmani ko‘zdan kechirgach, rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonini, Hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash masalalarini muhokama qildilar. Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Ishbilarmonlar kengashini tuzish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, muloqot chog‘ida moliya, geologiya, tog‘-kon sanoati, logistika va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi qo‘shma loyihalarning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini yangi amaliy bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz