Joriy yilning 10–11-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda xorijiy investorlar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tashrif doirasida sanoat, kimyo, neft-kimyo, chorvachilik, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi loyihalar hamda ularni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda amaldagi va istiqboldagi investitsiya tashabbuslari, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida eksportchi korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va eksport faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tezkor hal etish masalalari muhokama qilindi.
2026-yilning yanvar–iyun oylarida Buxoro viloyatida umumiy qiymati 4,6 mlrd AQSH dollarlik 103 ta investitsiya loyihasi doirasida 1,3 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi (o‘sish 230%). Eksport hajmi 137 mln AQSH dollarini tashkil etdi (o‘sish 136%). Eksportchilar soni 200 taga yetdi, viloyat mahsulotlari esa dunyoning 37 ta davlatiga eksport qilindi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz