19-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning Medicana Healthcare Group kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi a’zosi Berk Bozkurt bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Muzokaralar davomida kompaniyaning sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik tajribasi yuqori baholandi. Tomonlar O‘zbekistonda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli xususiy klinikani tashkil etish va boshqarish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Loyihani amalga oshirish shartlari va hamkorlikning keyingi rejalari batafsil ko‘rib chiqildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz