23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follert bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz