Pokistonning «Zaheer Khan Brothers» kompaniyalar guruhi Yangi Toshkent hududida qurilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ushbu masala O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayevning «ZKB» kompaniyasi ijrochi direktori Muhammad Kamran Said Xon bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Pokiston tomoniga yangi shaharni rivojlantirish konsepsiyasi va qurilish ishlari borishi haqida ma’lumot berildi. Hozirgi vaqtda bu yerda avtomobil yo‘llari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, turar joy majmualari, ma’muriy binolar, maktablar, universitetlar, bog‘lar va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda.
Uchrashuvda Yangi Toshkentning mamlakat ma’muriy, iqtisodiy va ishbilarmonlik markazi sifatida shakllanishi xorijiy investorlar uchun uzoq muddatli imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. Pokistonlik tadbirkorda loyihada ishtirok etish shartlari, jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan, investitsiya obyektlarining turi, ko‘lami va joylashuviga qarab belgilanadigan soliq va bojxona imtiyozlari alohida qiziqish uyg‘otdi.
Muhammad Kamran Said Xonning ta’kidlashicha, «ZKB» Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Kompaniya portfelidan avtomagistrallar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tezyurar transport tizimlari, metro infratuzilmasi, suv ta’minoti va irrigatsiya tarmoqlari, ijtimoiy obyektlar, shuningdek, ko‘chmas mulk va shaharsozlik loyihalari o‘rin





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz