O‘zbekiston elchisi va Qorachoy-Cherkesiya rahbari hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Qorachoy-Cherkesiya Respublikasiga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida respublika rahbari Rashid Temrezov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Rashid Temrezov ushbu tashrifni har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, eng avvalo, gumanitar-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradigan muhim voqea sifatida baholadi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.