Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1137-son, 21.04.2026 yil) Davlat rahbari tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etish kerakki, ushbu Qonun bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda, sohadagi huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etilmoqda hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda.
Ushbu Qonun jami 71 ta moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda, xorijiy va mahalliy darajadagi ekspertlarning fikrlari hamda jamoatchilikning takliflari, shuningdek, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan.
Qonunda bir qator yangiliklar nazarda tutilgan. Jumladan:
1) Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari hamda kengashi a’zolarini saylash tartibi belgilanmoqda. Bu orqali, kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarni oldini olish ko‘zlangan.
2) Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilish tartibi aniq belgilanmoqda.
3) Qonunning yana bir muhim yangiliklardan biri, bu xalqaro korporativ boshqaruv amaliyotida mavjud bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi va kollegial ijro etuvchi organlarining fidutsiar majburiyatlari belgilanganligi hisoblanadi.
4) Qonun bilan jamiyat nafaqat litsenziya, balki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar va xabardor qilish tartibida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinligi belgilanmoqda. Bu esa, ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari sonini oshiradi.
5) Amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lmagan jamiyatlarning filiali va vakolatxonalarini, sho‘ba va qaram xo‘jaliklarini ochish tartiblari alohida modda sifatida belgilanmoqda.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz