18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Azizbek Isoyev Xitoyning “China Southern Power Grid Industrial Development Group” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar uchun zamonaviy quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, xususan, Toshkent–Xorazm yo‘nalishi bo‘ylab tegishli infratuzilmani yaratish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, quvvatlash uskunalarini mahalliylashtirish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar aniq loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz