25-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi oraliq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Kengash iqtisodiyotning 23 tarmog‘idagi 45 ta xalqaro kompaniyani birlashtiradi. Noyabr oyida uning tarkibiga ITOCHU Corporation va Deutsche Bank qo‘shildi.
Davlat rahbari raisligida iyun oyida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi hamda 11 ta idoralararo ishchi guruh faoliyati ko‘rib chiqildi.
Muloqot markazida – investitsiya va soliq qonunchiligining barqarorligi, yer resurslaridan foydalanish, DXSh, energiya ta’minoti va biznesning moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlari. Islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida Kengash bayonnomasi imzolandi. Investorlarning takliflari tegishli idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda inobatga olinadi.














+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz