Joriy yilning 28-aprel kuni Nankin shahrida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tadbirda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiyaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga qiziqish bildirgan 30 dan ortiq yirik kompaniyalar qatnashdi. Muloqot markazida O‘zbekiston hududlarining investitsiyaviy salohiyati, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Buxoro viloyatlarining iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi.
Tomonlar sanoat klasterlari va texnoparklarni tashkil etish istiqbollarini, shuningdek, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Sog‘liqni saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratilib, ishtirokchilar xitoylik investorlar bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiy loyihalarni amalga oshirish hamda tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni belgilab oldilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz