Belarus Savdo-sanoat palatasining Gomel bo‘limida Gomel viloyatining yetakchi mahalliy tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda Belarus ishbilarmon doiralari vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan savdo-iqtisodiy islohotlar taqdim etildi. Xususan, «Yangi Toshkent» meg loyihasining ulkan investitsiyaviy salohiyati va keng biznes imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, Belarus tadbirkorlariga joriy yilning 30-noyabridan 5-dekabriga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro biznes-forum haqida ma’lumot taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu nufuzli tadbir Belarus ishbilarmonlari uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan potensial hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun qulay maydonga aylanadi.
Davra suhbati yakunida har bir ishtirokchi kompaniya rahbari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati, energetika (kogeneratsiya va isitish tizimlari), shuningdek, kommunal infratuzilma sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir muhim kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi sanoat zonalari bilan «Gomel-Raton» erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, o‘rta ta’lim tizimida texnik kasblar bo‘yicha yangi o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz