O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)ning energetika loyihalarini moliyalashtirish departamenti bosh direktori Yohei Xigashida bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Uchrashuv ishtirokchilari qo‘shma loyihalarning amalga oshirilish jarayoni, dolzarb masalalar va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. JBIC delegatsiyasining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Yaponiya investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralarning alohida mavzusi Yaponiya moliya institutlari va kompaniyalarining «Yangi Toshkent» meg loyihasi doirasidagi loyihalarda ishtirok etishi bo‘ldi. Ilg‘or yapon texnologiyalarini qo‘llash orqali hamkorlik qilish imkoniyatiga qiziqish bildirilgani qayd etildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz