Yaponiyaning Osaka shahrida O‘zbekiston diplomatlari «Masui Co.» kompaniyasi prezidenti Lu Jue bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.
Yaponiya tomoni O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib, turli sohalarda tashabbuslarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
Hamkorlikning amaliy namunalaridan biri «Masui Co.» tomonidan yaratilgan «Samarqandaryo» brendidir. Ushbu loyiha yuqori sifatli o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya texnologiyalarini birlashtiradi.
Tashabbus ijtimoiy yo‘nalishga ham ega: savdodan tushadigan daromadning bir qismi Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi, yoshlar yapon tili va madaniyatini bepul o‘rganadigan «Samarqandaryo Japan Academy» ta’lim markazini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish masalalari yuzasidan muloqotni davom ettirish, yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz