Oʻzbekiston TIV rahbari Kuvayt Elchisini qabul qildi

2023-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Xolid Abdulla Al-Jiyronni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Kuvayt munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda qoʻshma kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.