Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik GES quradi

Xitoyning China Southern Power Grid kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik GES qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Spot Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

“O‘zbekgidroenergo” rahbari Abdug‘ani Sanginov bir kun avval Xitoy kompaniyasi direktori Chjan Tanjini qabul qildi. Tomonlar 820 MVt quvvatga ega uchta GES: Yuqori Pskem (200 MVt), Karateren (500 MVt) va Yuqori Pskem (120 MVt) qurish bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Loyihalarni to‘liq quvvat bilan ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan. Uchta GES qurilishining umumiy qiymati 1,64 milliard dollarni tashkil qiladi.

Yangi quvvatlar hisobiga yiliga elektr energiyasi ishlab chiqarish 3 milliard kVt/soatga oshadi, bu esa 1,6 million aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yetarlidir. Shu bilan birga, 835,6 million kub metrgacha gaz tejaladi, bu esa atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.

Memorandum doirasida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadigan qo‘shma ishchi guruh tarkibi ham kelishib olindi. Bu jarayonga xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.