Xitoy poyabzal brendlari O’zbekistonda kopmaniyalarini ochadi

“O’zcharmsanoat” uyushmasida Xitoy Xalq Respubliklasidan mamlakatimizga kelgan investorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, deb xabar beradi uyushma matbuot xizmati. Muhokamalar markazida esa Xitoy kapitali asosida keng ko’lamli invest loyihalarni amalga oshirish. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning XXRning qadimiy poytaxti Sian shaxriga amalga oshirgan davlat tashrifi chog’ida joriy yilning 17-mayida bo’lib o’tgan O’zbekiston-Xitoy biznes forum doirasida mazkur yirik masshtabli loyihalarni tashkil etishga tamal toshi qo’yilgan edi. Ushbu anjumanda 400 dan ortiq Xitoyning yirik kompaniyalari jumladan, charm-poyabzal sohasi tadbirkorlari ishtirok etgan edi. Biznes doiralarning muzokaralari yakuni bilan ayni tarmoqda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan memarandum imzolangan edi. Qisqa vaqt oralig’ida tomonlar loyihalarni xayotga tadbiq etish bo’yicha ishlarni amalga oshirishga kirishdi. 

Navbatdagi muhokamalarda tomonlar Toshkent viloyating Yuqori Chirchiq tumanidan 60 gektar yer maydonida charm-poyabzal sohasiga ixtisoslashgan sanoat zonasini tashkil etish masalasini ko’rib chiqdi. Ushbu hududda loyihalar joylashuviga ko’ra Xitoyning eng mashhur charm-poyabzal brendlari joylashadi. Shuningdek, kadrlar malakasini oshirish markazi ham barpo etiladi. Poyabzal korxonalari, laboratoriyalar uchun mutaxassislar tayyorlanadi. 

Xitoy dunyoda poyabzal sanoati eng rivojlangan davlatlardan biridir. Chin yurtida har yili taxminan 15 milliard juft poyabzal ishlab chiqariladi. Jahon poyabzal eksportining uchdan bir qismi aynan shu mamlakat hissasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, Xitoy, asosan Vetnam, Indoneziya va Bangladeshdan poyabzallarning asosiy importchisi bo’lib, bu erda ishchi kuchi Xitoyga qaraganda 2-5 baravar past. Aynan ushbu yo’nalishda Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan. Qolaversa, mamlakatimiz O‘zbekiston charm sanoati mahsulotlari sifati bilan allaqachon tanish. O‘zbekiston tayyor va yarim tayyor charm mahsulotarni asosiy yetkazib beruvchilardan hisoblanadi.

Keyingi bosqichda e’tibor Xitoyning eng yirik poyabzal fabrikalarini O‘zbekistonda joylashtirishga qaratildi. Ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun Toshkent viloyati tanlandi. Zavodlarni qurish uchun yer ajratish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2023-yilning iyul-avgust oylarida Xitoyning poyabzal sanoati jamlangan provinsiyalariga “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, a’zo korxonalar va Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasining biznes missiyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Maqsad – yaratilgan sanoat zonasiga brend poyabzal ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq jalb etishdir.

Erishilgan kelishuvlar bo’yicha ikki tomonlama imzolar qo’yildi. Hamkorlik memorandumi yuridik kuchga ega bo‘ldi.