Mamlakatimizning Quvaytdagi elchixonasi vakillari quvaytlik xususiy investor Xolid al-Xabshi bilan uchrashib, turizm infratuzilmasini rivojlantirishda sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Suhbat chog‘ida Quvayt tomoniga mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Quvaytlik investor O‘zbekistonga ikki marta turist sifatida tashrif buyurganini, xususiy investor sifatida Samarqand, Toshkent, Buxoro va Farg‘onada arab oshxonasi restoranlarini ochishni rejalashtirayotganini, 1,1 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritganini ta’kidladi.
Shuningdek, Fors ko‘rfazidagi arab davlatlaridan kelgan sayyohlar uchun O‘zbekistonning sayyohlik shaharlarida maxsus mehmonxonalar qurishdan manfaatdor ekanligini va bu loyihaga boshqa Quvayt ishbilarmonlarini ham jalb etishga tayyorligini bildirdi.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz