O‘zbekistonda manzilli ko‘kalamzorlashtirish dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda har yili manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari va hokimliklar yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda o‘z bog‘larini yaratadi. Har bir yirik sanoat korxonasi esa “yashil belbog‘”lar tashkil etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida «Gazeta.uz» xabar beradi muxbiri.

O‘zbekistonda hududlarning obodonlik darajasini oshirish, shuningdek, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etishning “tubdan yaxshilash tizimi” joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. Ushbu farmon bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga aylantirildi.

Hujjatga ko‘ra, 2024-yildan quyidagilar uchun har yili 500 milliard so‘m ajratiladi:

  • “yashil belbog‘”, “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”lari hamda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;
  • tabiiy sharoitlardan kelib chiqqan holda magistral yo‘llar va magistral temiryo‘llar bo‘ylab daraxt ko‘chatlarini ekish;
  • har bir tuman va shaharda kamida 5 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bog‘lar barpo etish;
  • daraxt ko‘chatlarini ekish, yer uchastkalarini tayyorlash va loyihalash ishlarini amalga oshirish;
  • urug‘chilikni rivojlantirishda onalik plantatsiyalarini kengaytirish, bu orqali sifatli urug‘lik va qalamchalar tayyorlash;
  • o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon ko‘chatchiligini rivojlantirish, shu jumladan, yopiq ildizli tizim tuvakda yetishtirish usulini qo‘llash va daraxt turlaridan kelib chiqib kamida 3 yil davomida parvarishlash;
  • sug‘orish tizimlarini tashkil etish va suv chiqarish quduqlarini o‘rnatish.

Shuningdek, har yili shakllanadigan va tasdiqlanadigan O‘zbekistonning manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tadbirlarning asosiy parametrlari va yil uchun maqsadli mo‘ljallar;
  • daraxt ko‘chatlari ekiladigan avtomobil va temiryo‘llar yoqalarining manzilli ro‘yxati;
  • soha va tarmoqlar, hududlar, tashkilotlar kesemida manzilli ro‘yxatlar;
  • tadbirlarni amalga oshirishning aniq moliyaviy mexanizmlari va manbalari.

Daraxt ko‘chatlarini ekish, sug‘orish, parvarish qilish “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”, “yashil qalqon” hamda “yashil qoplama” himoya o‘rmonzorlarini tashkil etish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Buyurtmachilar, loyihachilar va pudratchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Ekologik ekspertiza Ekologiya vazirligiga yuklatiladi.

Farmonda, shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar har bir davlat tashkiloti va hokimlikning tegishlicha budjetdan tashqari va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘z bog‘lari tashkil etiladi hamda uch yil davomida parvarishlanadi. Shu bilan birga, tashkilotlarning bog‘lari tuman va shaharlarning markaziy hududlarida 50 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan maydonni egallashi belgilandi. Bu bog‘lar uchun yer maydonlarini aniqlash va mablag‘ ajratish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

1-sentabrdan boshlab har bir yirik sanoat korxonasi (atrof-muhitga ta’siri I va II toifaga kiruvchi) tomonidan o‘z va unga tutash hududlarida vazirlik bilan kelishilgan loyiha asosida uch yil davomida “yashil belbog‘”larni yaratadi.