Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bir qator investitsiya bitimlarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 27-dekabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov energetika sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bir qator investitsiya bitimlarini imzolash marosimida ishtirok etdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Xususan, quyidagilar imzolandi:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Masdar (BAA) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida quvvati 2000 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi va 1150 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimlarini qurish boʻyicha investitsion bitimlar;

«Oʻzbekiston Milliy Elektr tarmoqlari» AJ va Gezhouba Group kompaniyasi oʻrtasida energiya saqlash tizimlaridan foydalanish boʻyicha kelishuv;

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi va Gezhouba Group kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekistonning 4 ta viloyatida energiya saqlash tizimlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya bitimi.