O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi va Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov qarorgohi Nur-Sulton shahrida joylashgan Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tirs bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘htalib o‘tildi.

Shuningdek, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi. O‘z navbatida, Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi T.Tirs so‘nggi yillarda Estoniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy tendesiya kuzatilayotganini ta’kidladi. Iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Shuningdek, u ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va umuman, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalarining o‘zaro hamkorligini talab etishi hamda tashkilotlar ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun asosiy platformasi ekanligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.