Taitong International kompaniyasi 3 ta viloyatda logistika markazlarini barpo etmoqchi

1-iyun kuni Tranport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning Taitong International kompaniyasi boshqaruvi raisi Chu Syuan janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz transport sektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi bilan bog‘lovchi xalqaro transport yo‘laklari jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Xorijiy kompaniya rahbari mamlakatimizning Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etish, shuningdek, transport logistika kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.