Lissabonda O’zbekiston-Portugaliya hamkorligining turli sohalardagi istiqbollari muhokama qilindi

O’zbekistonning Portugaliyadagi (Rezedentsiyasi Parijda) elchisi Sardor Rustambayev Lissabonga amaliy tashrif bilan keldi, deb xabar beradi «Dunyo»axborot agentligi muxbiri.

Tashrif davomida Portugaliya vazirliklari va idoralari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar bo’lib o’tdi, ularda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va turli yo’nalishdagi munosabatlar istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tashqi siyosat bo’yicha bosh direktor Rui Vinyash bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Diplomat Portugaliya tomonining siyosiy muloqotni yanada mustahkamlashga va ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar tashriflar va qo’shma tadbirlarni tashkil etish orqali madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha faol ish olib borishga tayyorligini qayd etdilar.

Rui Vinyash qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan iqtisodiy sug’orish texnologiyalarini joriy etish bo’yicha katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi. «Portugaliya Ispaniyadan olgan suvning 70% qishloq xo’jaligi uchun ishlatiladi», – dedi diplomat.

Portugaliya investitsiyalar va tashqi savdo agentligining yangi tayinlangan bosh direktori «Aicep Portugal Global» Filipe Kosta bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, u O’zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni hamda Portugaliya-O’zbekiston hamkorligining hozirgi holatini yuqori baholadi.

Uning so’zlariga ko’ra, 2022-yilda «Aicep Portugal Global tomonidan tayyorlangan «Uzbekistan outlook » nomli mamlakat hisoboti O’zbekistonda o’z biznesini yo’lga qo’yishdan manfaatdor bo’lgan portugaliyalik kompaniyalar uchun zarur hujjat bo’ldi.

Filipe Kosta «Aicep Portugaliya Global»ning o’zaro manfaatli barcha sohalarda samarali hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

«Aicep Portugal Global» ijroiya kengashi a’zosi Luis Rebelu De Souza O’zbekistonga xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlarni qayd etdi.

Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston Portugaliyaning Markaziy Osiyodagi muhim savdo hamkori hisoblanadi. «Portugaliyalik korxonalar qishloq xo’jaligi, qurilish, yengil sanoat, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish uchun qiziqarli bo’ladi», – dedi u.

Shuningdek, «Visit Portugal» tashkiloti direktori, «Turismo de Portugal» milliy agentligi kuzatuv kengashi a’zosi Filip Silva bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

U O’zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan, viza rejimini liberallashtirish, turizm sohasini rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish hamda ichki turizmni rag’batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarni yuqori baholadi.

Uning so’zlariga ko’ra, Portugaliyada ular mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog’iga aylangan O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning ijobiy tendentsiyalarini yaxshi bilishadi.

Filipe Silva Portugaliya tomonining tajriba almashish orqali turizm sohasini rivojlantirish sohasida O’zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.