Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shtab oʻz ishini boshladi.
Shtabda turli sohalar yoʻnalishlariga ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralari xodimlari faoliyat koʻrsatmoqda, jumladan:
- investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish;
- tashqi savdo, transport va tranzit boʻyicha salohiyatni rivojlantirish;
- xalqaro hamkorlikni targʻib qilish;
- importni optimallashtirish va boshqalar.
Shtab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar oʻz amaliyotlarida duch keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz
Biz bilan boglaning