Savdo-sanoat palatasida Latviya Respublikasining O’zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Latviya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Troksha Reynis hamda Latviya Investitsiyalar va rivojlanish agentligining O‘zbekiston bo‘limi rahbari Georgiy Voevoda bilan uchrashdi. Bu haqida SSP matbuot xizmati xabar beradi.

Uchrashuv davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning eng rivojlangan yo‘nalishlari: logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik sanoati va boshqalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Davron Vaxabov Elchiga hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun Latviyadagi tegishli tashkilot bilan onlayn yoki oflayn rejimda uchrashuvlar o’tkazish, shuningdek, Latviya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.