O‘zbekistonda investorlar uchun yangi qulayliklar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri «Norma.uz» axborot-huquqiy portaliga tayanib.

Hujjatga muvofiq, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasiga bevosita murojaat qilishingiz mumkin:

  • investitsiya loyihalarini joylashtirish;
  • ishtirokchilarni ro’yxatga olish;
  • investitsiya loyihalarini amalga oshirish va lizing shartnomasini tuzish.

Hujjat bilan tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamenti tasdiqlanadi.

Murojaat va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingandan so‘ng direksiya:

  • 10 kun muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
  • zarur er yoki bino maydonini onlayn auktsionga qo’yadi;
  • kim oshdi savdosi g‘olibi bilan investisiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzadi;

Zarur hujjatlar va bir martalik yig‘im taqdim etilgandan so‘ng investorni EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi.