Mol-mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan chiqarilishidan himoya qilish.

Mol-mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan chiqarilishidan himoya qilish.

Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi hisoblanasiz, biroq ular asossiz ravishda musodara qilindimi?

O’z huquqingiz uchun kurashing va mulk mutloq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang!!!

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:

“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:

“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.

Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.

“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:

“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.

O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!