O‘zbekiston Bosh konsulxonasida «China Railway Prefabricated Construction» (CRPC) kompaniyasi bosh direktori Van Pin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Uchrashuvda qurilish va infratuzilma sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Van Pining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda, investitsiyalar hajmi esa muttasil oshib bormoqda. Qurilish sohasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim drayverlaridan biriga aylanmoqda.
Yirik infratuzilmaviy loyihalarga, jumladan, issiqlik ta’minoti, transport, tibbiyot, ta’lim va uy-joy qurilishi sohalarini qamrab oluvchi «Yangi Toshkent»ni barpo etishga alohida e’tibor qaratildi.
Kompaniya rahbari CRPC «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha tarixiy loyihani amalga oshirishda qurilish uchun po‘lat va metall konstruksiyalar yetkazib berish orqali ishtirok etayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda uy-joy qurilishi, temir va avtomobil yo‘llari, turizm obyektlari, teplovozlarga xizmat ko‘rsatish, temir yo‘llarni elektrlashtirish hamda ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha CRPC kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun sentabr oyi boshida O‘zbekistonga delegatsiya yuborishga kelishib oldi.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz