O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov Argentinaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda SSP matbuot xizmati.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlik va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv avvalida Shayxov diplomatni tayinlangani bilan tabriklab, O‘zbekiston va Argentina o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Muzokaralar ishtirokchilari qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, poyabzal ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika va kimyo sanoati sohalarida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Shuningdek, zargarlik sanoati, turizm, tibbiyot va ta’lim sohalari ham potensial hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish, ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz