O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada samarali ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

Kuni kecha Prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maxsus vakili, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Abdulaziz Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tashrif doirasida 29-yanvar – 2-fevral kunlari Muxtor vazir, Italiya Prezidentining diplomatik maslahatchisi Fabio Kasseze, Bosh vazirning diplomatik maslahatchisi Franchesko Talo, Mudofaa vaziri Gido Krosetto, Ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedosi, hamda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Edmondo Chirielli hamda Italiya hukumatining boshqa rasmiy shaxslari ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Qu Dongyu, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) prezidenti Alvaro Lario va Italiya xalqaro tashkilotlar jamiyati vitse-prezidenti Rikkardo Sessa bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.

Tadbirlar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2023-yilda ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.